$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

TOP-5 ligalardagi o‘zbek futbolchilarining soni bittaga ortdi

Lazizbek Mirzayev

 O‘zbekiston yoshlar jamoasi va “Lokomotiv” klubi futbolchisi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradigan bo‘ldi.

 “Lokomotiv” axboroti

“Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “temiryo‘lchilar” Lazizbek Mirzayevni “Leganes” klubiga transfer qilgan. “Lazizbek Mirzayev futboldagi ilk qadamlarini “Lokomotiv” futbol maktabida Saydullo Tursunov qo‘l ostida yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, o‘z yosh toifasida O‘zbekistondagi eng iqtidorli futbolchilardan biri hisoblanadi. Uning O‘zbekiston U17 jamoasida sardor sifatida harakat qilishi ham bejiz emas. Biz Lazizbek Mirzayevga minnatdorchilik bildirgan holda Ispaniyadagi faoliyatiga omad tilab qolamiz”, - deyiladi “Lokomotiv” xabarida.

“Leganes” va Mirzayevning dastlabki aloqalari

“Leganes” jamoasi La Liga ishtirokchisi sanalib, joriy mavsum 16-turidan keyin 15 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turibdi. Yil boshida Mirzayev ushbu jamoaning yig‘inlarida ham qatnashgan va qishda 18 yoshga to‘lgach, ispan klubi bilan rasman shartnoma imzolashi haqida xabar qilingandi. 

Lazizbek Mirzayev haqida

Ma’lumot uchun, Lazizbek Mirzayev “Odil Ahmedov” akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shunday qilib, “Odil Ahmedov” akademiyasida tahsil olgan futbolchi birinchi marta xorij klubiga transfer qilindi. Lazizbek joriy mavsum Superligada 14 o‘yinda to‘p surdi, u to‘p surgan “Lokomotiv” klubi Pro ligaga ravona bo‘ldi. Mirzayev 2023-yilda O‘zbekiston U17 jamoasi safida yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashib, skautlar e’tiboriga tushgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Теги :
Jamiyat