$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnov soatlarini o‘zgartirish taklif qilinmoqda

afrosiyob

Endilikda tezyurar elektropoyezd qatnovi 1 soat oldin boshlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Sayyohlar uchun qulayliklar bo‘lishi mo‘ljallanmoqda

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Afrosiyob” tezyurar poyezdlarning ertalabki qatnov vaqtini o‘zgartirishni taklif qilmoqda.

Ushbu harakatdan ko‘zlangan maqsad, xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Amaldagi jadval (ertalab jo‘nash vaqti):

  • Toshkent — Qarshi: 7:24
  • Toshkent — Samarqand: 7:47
  • Toshkent — Buxoro: 8:23
  • Toshkent — Buxoro: 8:50

Taklif etilayotgan jadval (ertalab jo‘nash vaqti):

  • Toshkent — Qarshi: 6:24.
  • Toshkent — Samarqand: 6:47.
  • Toshkent — Buxoro: 7:23.
  • Toshkent — Buxoro: 7:50.

Yo‘lovchilar o‘z taklif va munosabatini bildirishlari mumkin

Shuningdek, yo‘lovchilar mazkur o‘zgartirish bo‘yicha ushbu havola orqali o‘z munosabatlarini bildirishi mumkin.

“Biz doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasidagi yo‘lovchi poyezdlarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda turizmni yanada rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga intilamiz”, — deyilmoqda xabarda.

Ma’lumot uchun, 15-maydan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foizga oshirilgan. Kompaniya narxlar oshishini elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash maqsadi bilan izohlagan.