$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
woodtech

Kimdir ularni bizdan tortib olishga urinsa, aynan o‘sha qurollardan foydalanib javob beramiz — “Tolibon” Tramp so‘roviga javob qaytardi

Zabihulloh Mujohid

AQSh Prezidenti Donald Tramp Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasidagi nutqida "Tolibon"dan qurollarni qaytarishni talab qilgandi. Trampning so‘roviga javoban “Tolibon” AQSh harbiylari qoldirib ketgan qurol va texnikalar qaytarilmasligini ma’lum qildi.

“Bu aql bovar qilmaydigan narsa” 

AQSH Prezidenti Donald Tramp Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasidagi nutqi davomida “Tolibon”dan qurollarni qaytarishni talab qilib, quyidagilarni ta’kidlagan edi. “Biz Afg‘onistonga 2-2,5 milliard dollar yordam beramiz, bu yaxshi, lekin men qurollarimizni qaytarib berishlarini xohlayman... Ularda tanklar, yuk mashinalari, qurollar, tungi ko‘rish uskunalari bor. Biznikidan yaxshiroq. Bu aql bovar qilmaydigan narsa. Men bu uskunani qaytarib olmoqchiman”, degan edi AQSH prezidenti.

“Tolibon” rasmiy vakilining javobi

Trampning so‘roviga javoban “Tolibon” AQSh harbiylari qoldirib ketgan qurol va texnikalar qaytarilmasligini ma’lum qildi. “Tolibon” rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid Trampning talabiga javob sifatida “amerikaliklar qoldirib ketgan qurollar urush o‘ljasi bo‘lib, afg‘on xalqining qonuniy mulki hisoblanadi. Agar kimdir ularni bizdan tortib olishga urinsa, aynan o‘sha qurollardan foydalanib javob beramiz”, deya ta’kidladi.

O‘zbekistondan Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaytarilgan qiruvchi vertolyotlar masalasi

Avvalroq Afg‘oniston Mudofaa vazirligi yetti qiruvchi vertolyotning O‘zbekistondan Amerika Qo‘shma Shtatlariga qaytarilganiga oid xabarlardan Islomiy Amirlik xavotirda ekanligini bildirgandi. AQSh tomoni yaroqli, deb topgan “Black Hawk“ rusumidagi bu vertolyotlar Afg‘onistonning amaldagi saylangan hukumati qulatilgan 2021-yilda afg‘on uchuvchilari tomonidan havo hududlarini buzib, O‘zbekiston va Tojikistonga olib qochilgan AQSH harbiy aviatexnikasining bir qismi bo‘ladi. O‘nlab sondagi bu harbiy aviatexnikaning taqdiri o‘zi Afg‘onistonda qudratga qaytgan so‘nggi to‘rt yilcha vaqt ichida “Tolibon“ hukumati diqqat-e’tiborida turgan eng asos masalalardan biri ekani ko‘riladi. Ya’ni, Amerika tomonining bu o‘zlarining mulklari ekani va rasmiylarning ulardan aksariyati O‘zbekiston ixtiyoriga topshirilganiga oid bayonotlari ham “Tolibon“ hukumatini mazkur aviatexnikani Afg‘onistonga qaytarish talabidan qaytara olmagan.

Теги :
Jamiyat