Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati delegatsiyasi Toshkentga kelmoqda
Afg‘oniston bosh vazir o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar rahbarligidagi yuqori darajadagi delegatsiya ikki kun davomida O‘zbekistonda bo‘lib, bir qator masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

“Ariana News” nashrining xabar berishicha, Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining bosh vazir o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar rahbarligidagi delegatsiya 22-fevral kuni Qobuldan Toshkentga yo‘l olgan.
Tashrif maqsadi
Ikki kunlik tashrif davomida Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, savdo va tranzit aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Afg‘onistonga o‘zbek investitsiyasini jalb qilish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, tashrif davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-sotiq imkoniyatlarini oshirish va tranzit masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Delegatsiya tarkibidagi amaldorlar
Afg‘oniston bosh vazir o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar rahbarligidagi yuqori darajadagi delegatsiya tarkibida Toshkentga tashrif buyuradigan rasmiylar quyidagilar ekanligi ma’lum:
Hedoyatulloh Badriy – Foydali qazilmalar va neft vaziri
Hamidulloh Oxunzoda – Transport va aviatsiya vaziri
Nuriddin Aziziy – Sanoat va savdo vaziri
Atoulloh Omoriy – Qishloq xo‘jaligi, sug‘orish va chorvachilik vaziri
Nur Ahmad Og‘a – "Da Afg‘oniston Bank" prezidenti
Abdul Matin Said – Moliya vazirining daromad va bojxona ishlari bo‘yicha o‘rinbosari



