$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tolibon” xorijda yashayotgan afg‘onlarni vatanga qaytishga chorlamoqda

“Tolibon”

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi rahbari Muhammad Yoqub Kobuldagi harbiy gospital yangi filialining ochilish marosimida nutq so‘zlab, bir qator muhim masalalarga to‘xtaldi.

Xalqaro aloqalar haqida

Muhammad Yoqub mamlakat agarda bu milliy manfaatlar va islom diniga zid bo‘lmasa, dunyoning barcha davlatlari bilan ijobiy hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. “Milliy manfaatlarimizga zid bo‘lmasa, biz barcha davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Biz bu dunyoning bir qismimiz va jahon hamjamiyati bilan yonma-yon yashashni xohlaymiz“, — deydi Afg‘oniston Mudofaa vazirligi rahbari.

Xorijdagi afg‘onlarga chaqiriq

U nutqi davomida xorijda yashayotgan afg‘onlarni qaytishga va Afg‘onistonni qayta tiklashga hissa qo‘shishga chaqirdi. “Biz ulardan o‘z yurtlariga qaytib, xalqiga xizmat qilishlarini so‘raymiz. To‘g‘ri, xorijdagi maoshlar ko‘proq, qulayliklar yaxshilangan, yashash qulayroq. Ayrimlarning xavotirlari bo‘lishi mumkinligini ham tushunamiz, ammo baribir, bu katta maqsad“, — dedi mudofaa vaziri.

Теги :
Jamiyat