Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 69 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +7°

Afg‘on savdogarlari va xaridorlari musiqa va konsertlardan norozi emas

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘on savdogarlari va xaridorlari musiqa va konsertlardan norozi emas

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. 

Yolg'on axborot

Bugun tongda O‘zbekiston OAVda “Tolibon” O‘zbekiston rasmiylaridan Termizdagi umumiy chegara bozorida konsert va musiqiy dasturlarni bekor qilishni so‘raganligi haqida xabarlar tarqaldi. Atlaspress nashriga ko‘ra, “Tolibon” rasmiylari O‘zbekistondan Termizdagi umumiy bozorda konsert va musiqiy dasturlarni bekor qilishni so‘ragan. Aks holda Afg‘oniston fuqarolariga ushbu umumiy bozorga kirishga ruxsat etilmaydi. “Tolibon” musiqiy dasturlar o‘tkazilishiga qarshi va O‘zbekiston hukumatidan bunday dasturlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan. 

O‘zbekiston TIV va Termiz shahar hokimligi munosabati

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabarlarni rad etdi. Unga ko‘ra, Afg‘oniston tarafidan bunday xarakterdagi hech qanday murojaatlar kelib tushmagan. Shu sababli, Tashqi ishlar vazirligi afg‘on nashrlaridan yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘ragan. Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati ham vaziyatga munosabat bildirdi. Shahar matbuot kotibi Aziza Qosimovaning ma’lum qilishicha, bozor hududida afg‘onistonlik va o‘zbekistonlik fuqarolar erkin savdo qilishadi va shu vaqtga qadar afg‘on savdogarlari va xaridorlaridan musiqa va konsertlar borasida e’tirozlar bildirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Termiz xalqaro savdo markazi ochilgan bo‘lib, “Tolibon” va O‘zbekiston o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, afg‘onistonliklar ushbu bozorda vizasiz 15 kun davomida qolish imkoniyatiga ega.