Aholi “svet” oʻchishi haqida kamida 3 kun oldindan ogohlantirilishi kerak
Kunlar soviy boshlashi bilan, tabiiyki, issiqlik, elektr energiyasiga boʻlgan talab ham ortadi. Shu bilan bir qatorda soatlab elektr uzilishi ham kuzatilmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Kunlar soviy boshlashi bilan tabiiyki issiqlik, elektr energiyasiga boʻlgan talab ham ortadi. Shu bilan bir qatorda soatlab “svet” oʻchishi ham kuzatilmoqda. Oʻzi elektr tarmogʻidagi uzilishlar haqida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ogohlantirish berish tartibi qanday?
Kamida 3 kun oldindan
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining rejali taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin boʻlgan uzilishlar toʻgʻrisida kamida 3 kun oldin ogohlantirishga majbur.
Bu majburiyat!
Shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berishning toʻxtatib turilishi va buning sabablari toʻgʻrisida maʼlumot berishga, joriy etiladigan cheklashlar haqida cheklashning hajmi va vaqtini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida xabar qilishga majbur hisoblanadi.



