Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +6°

Tipratikan populyatsiyasi so‘nggi o‘n yil ichida 30% ga kamaygani sababli Qizil kitobga kiritildi

Kirpilarning yo‘qolib borishi, ularga oziq bo‘ladigan hasharotlarni o‘ldiradigan pestitsidlar (zaharli moddalar) sababli yuz bermoqda. Bu pestitsidlar hasharotlarni yo‘q qilish bilangina cheklanmay, tipratikanlarning o‘ziga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazmoqda.

2 daqiqa o‘qiladi

Tipratikan populyatsiyasi so‘nggi o‘n yil ichida 30% ga kamaygani sababli Qizil kitobga kiritildi

Yevropa bo‘ylab bir vaqtlar keng tarqalgan ushbu sutemizuvchilar endilikda urbanizatsiya va intensiv qishloq xo‘jaligi tufayli yo‘qolish xavfi ostida, deb xabar bermoqda Guardian nashri.

Urbanizatsiya va intensiv qishloq xo‘jaligi tufayli

Kirpilar xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobida “yo‘qolib ketish xavfi kam” kategoriyasidan “xatar ostida” toifasiga o‘tkazildi. So‘nggi o‘n yil ichida kamida 30% ga kamaygani qayd etilgan. Ularning yashash joylarini avtomobillar bilan to‘qnashuvlar, pestitsidlar va noto‘g‘ri boshqarilgan bog‘lar cheklamoqda. Pestitsidlar kirpilar, ba’zida tipratikanlar, oziqlanadigan hasharotlarni o‘ldiribgina qolmay, ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zahar ham yetkazishi mumkin.

Kirpilar hali-hanuz to‘liq o‘rganilmagan

IUCN dastur xodimi Abi Gazzardning ta’kidlashicha, dalillar kirpilar sonining keng miqyosda va tashvishlanarli darajada kamayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Qizil kitob tahlillari ham bu tur haqida hali ham to‘liq ma’lumotlar yo‘qligini, ya’ni kirpilarning yashash chegaralari yetarlicha o‘rganilmaganini tasdiqlaydi. Biroq G‘arbiy Yevropa kirpisi yoki tipratikanlar populyatsiyasini himoya qilish va ularning kamayishini to‘xtatish imkoniyati hanuz mavjud. Odamzot holat yanada og‘irlashib ketishidan oldin chora ko‘rishi zarur.

Nima qilish kerak?

Sutemizuvchilar jamiyati esa odamlarni tipratikanlarni himoya qilish uchun tabiatga mos bog‘lar yaratishga chorlamoqda. Bu bog‘larda kirpilar yoki tipratikanlarning erkin harakatlanishi uchun to‘siqlarda kichik teshiklar qoldirish, zararli pestitsidlardan voz kechish, shuningdek, ularga boshpana yaratish uchun daraxt shoxlari uyumi yoki maxsus kirpi uylarini tashkil etish tavsiya qilinadi.