Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 76 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +6°

Layk uchun otasini urib, qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgan yigitga chora ko‘rilmoqda

Tiktokerning 24 soatda 100 ming “like” yig‘ilsa, otasini urishini, “like”lar 200 mingga yetsa, uni qariyalar uyiga yuborishini aytib chiqqan videosi ijtimoiy tarmoqlarda katta norozilikka sabab bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qiladi

Layk uchun otasini urib, qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgan yigitga chora ko‘rilmoqda

TikTokda “100 ming layk yig‘ilsa, otasini urishini va 200 ming layk yig‘ilsa, uni qariyalar uyiga topshirishini” aytgan video bilan chiqish qilgan yigitga nisbatan Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huquqiy chora ko‘rmoqda. Videoni tarqatgan shaxs Chirchiqda yashovchi 24 yoshli fuqaro ekanligi aniqlandi.

Blogerlikka qiziqish ortidan

Holat ommaga keng tarqalib, jiddiy noroziliklarga sabab bo‘lganidan keyin yigit jamoatchilikdan uzr so‘radi va bu qilmishini blogerlikka bo‘lgan qiziqishi sababli amalga oshirganini ro‘kach qildi. Uning aytishicha, shov-shuvli kontent yaratish orqali ko‘proq “like” va obunachi yig‘ishni maqsad qilgan. 

Qo‘shimcha axborot beriladi

Hozirda Toshkent viloyati IIBB ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha huquqiy choralar ko‘rish uchun jarayonni davom ettirmoqda. Natijalarga ko‘ra, mazkur harakatlarga huquqiy baho berilishi kutilmoqda va yakuniy axborot keyinchalik taqdim etiladi.