Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +6°

Shifokorlar oyligi 50 foizga oshiriladi

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari sentyabr oyidan shifokorlarning maoshi oshishini ma'lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Shifokorlar oyligi 50 foizga oshiriladi

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Mederbek Ismoilov sentyabr oyidan shifokorlarning maoshi 50 foizga oshirilishini ma'lum qildi.

Prezident farmoni tayyorlanmoqda

Mederbek Ismoilov 24-iyun kuni Jogorku Keneshning ijtimoiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida hamshiralarning maoshi 20 foizga, past lavozimli tibbiyot xodimlarining maoshi esa 10 foizga oshishini aytgan. Ismoilov bu masala allaqachon hal bo‘lganini ta’kidlagan. “Ular menga takliflar berdi. Qisqa muddatli chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi prezident farmoni tayyorlanmoqda. 1-iyuldan ayrim toifadagi shifokorlar uchun 20 ming somdan (salkam 3 million so‘m) qo‘shimcha to‘lov beriladi”, — deydi vazir o'rinbosari.

Amaladagi maoshlar qancha?

Aprel oyi holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda shifokorlarning o‘rtacha oylik maoshi 2023-yil 23,5 ming somni (3,4 million so‘m) tashkil qilgan. Ma'lum bo'lishicha, o‘rta toifali shifokorlar 19,1 ming som (2 mln. 700 so‘mdan ziyod), past toifali shifokorlar esa 13,6 ming som (1 mln. 900 so’mdan ortiq) maosh oladi.