Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +6°

Bank xavfsizlik xizmati xodimi aslida firibgar boʻlib chiqdi

U jabrlanuvchi ayolning bank kartasidagi 15 mln. soʻm pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Bank xavfsizlik xizmati xodimi aslida firibgar boʻlib chiqdi

Toshkent viloyatida yashovchi 38 yoshli (ayol) M.Gʻ. IIOga murojaat qilib, noma'lum sabablarga koʻra 15 mln. soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari noma'lum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini ma'lum qilgan. 

Soxta bank xavfsizlik xizmati xodimi

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi U.R. ismli shaxs sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan U.R., jabrlanuvchi (ayol) M.Gʻ.ga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini "Bank xavfsizlik xizmati xodimi" sifatida tanishtirib, "SMS" xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali bank kartasi boshqaruvini qoʻlga kiritib, uning hisobida boʻlgan 15 mln. soʻm pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan.

Jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Mazkur holat yuzasidan U.R.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

"Agar sizda ham shunday holat kuzatiladigan boʻlsa darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling", - deyiladi xabarda.