Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +16° kechasi +9°

"Uchar" haydovchi qo'lga olindi

Avtomobil tezligini 200 km/soatdan oshirgan haydovchi blogerga chora ko'rildi.

1 daqiqa o‘qiladi

"Uchar" haydovchi qo'lga olindi

"Uchar" haydovchi qo'lga olindi

Avtomobil tezligini 200 km/soatdan oshirgan haydovchi blogerga chora ko'rildi.

Katta tezlikda olingan video

Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil tezligini 216 km/soatdan oshirgan blogerning videolari tarqaldi hamda turli munosabat va fikrlarga sabab bo'ldi. Voqea Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida yuz berganligi aytilmoqda. 

Uchar "Tesla" va haydovchi

Bektemir-Chorbog' avtomobil yo'lida bloger tomonidan "Tesla" rusumli avtomobil juda yuqori tezlikda harakatlangani yuzasidan Toshkent viloyati IIBga ma'lumot kelib tushadi va surushtiruvlar natijasida haydovchi topilib, yo'l harakati boshqarmasining ma'muriy binosiga chaqirilgan.

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro katta tezlikka chiqarilgan avtomobilining videolarini o'z ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylashtirgan.

U katta tezlikda aholi yashovchi 8 ta hududdan o'tganligi aytildi.

Qiziqqonlik qilgan ekan

Haydovchining so'zlariga qaraganda u tog'dan qaytayotgan paytida qiziqqonligi tutib qoladi va shu ishni amalga oshirgan ekan.

U o'zining qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirgan.

Ma'muriy jazo

Haydovchiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 128 prim 5-modddasining 2-qismiga ko'ra ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.