$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi Oilaviy bolalar uyi bitiruvchilari yuridik texnikumlarda bepul o‘qishi mumkin bo‘ladi

yuridik

O‘zbekistonda Oilaviy bolalar uyi bitiruvchilari yuridik texnikumlarda bepul o‘qishi mumkin bo‘ladi. Bu borada hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlarini yanada muhtahkamlash va ularning xorijiy tillarni o‘rganishini rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilmoqda.

Qaror Mehribonlik uyi bitiruvchilari va I guruh nogironlariga uchun ham amal qiladi

Ma’lum bo‘lishicha, “Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Oilaviy bolalar uyining bitiruvchilariga belgilangan qo‘shimcha kvota doirasida Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish imtihonlarida qatnashish huquqi beriladi.

Shuningdek, “Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarning kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan farzandlari, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uyining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogironligi bo‘lgan bolalar toifasidagi abituriyentlar qo‘shimcha qabul parametrlari asosida qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bolalarga xorijiy tillarni o‘rganishi uchun rag’batlantirish ko‘zlanmoqda

Hujjat bilan nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlarini yanada muhtahkamlash, shu jumladan, ularning xorijiy tillarni o‘rganishini rag‘batlantirish ham ko‘zda tutilmoqda.