Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 68 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +7°

Olimlar umr davomiyligini bashorat qiladigan test yaratdi

Test narxi taxminan 250 AQSH dollari bo‘lib, natijalar 4–6 hafta ichida chiqadi. Ushbu test insonning o‘lim xavfini prognoz qilishda juda samarali.

1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar umr davomiyligini bashorat qiladigan test yaratdi

Og‘iz bo‘shlig‘idan olinadigan yangi test yosh va umr davomiyligini bashorat qiladi. Bu haqda NEOSCOPE sayti xabar berdi. AQSH olimlari yaratgan test CheekAge deb nomlanadi. Bu test genlarning faolligini tahlil qilish orqali biologik yoshni aniqlaydi va umr davomiyligini bashorat qilishga qodir. 

Bu qanday test?

Test og‘iz boʻshligʻidan olingan namuna asosida epigenetik ma’lumotlarni o‘rganadi, xususan, DNK metilatsiyasi deb ataladigan molekulyar o‘zgarishlarni kuzatadi. Bu o‘zgarishlar genlarning qanday ishlashiga ta’sir qiladi, ammo DNKning tarkibiy qismlarini o‘zgartirmaydi.

Qanday afzalligi bor?

CheekAge testining afzalligi shundaki, u biologik yosh va hayot davomiyligini aniqlashda birinchi avlod testlaridan ko‘ra aniqroq. Bunga odamning hayot tarzi, stress darajasi va sog‘lig‘i ham ta’sir qiladi. 

Dastlab qon tahlili orqali amalga oshiriladigan bu uslub, endi yonoqdan olingan namuna orqali ham bajariladi, bu esa testni osonroq va noinvaziv qiladi.

Narx taxminan $ 250

Test narxi taxminan 250 AQSH dollari bo‘lib, natijalar 4–6 hafta ichida chiqadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu test insonning o‘lim xavfini prognoz qilishda juda samarali. 

Metilatsiya o‘zgarishlari hayot davomiyligi bilan bog‘liq bo‘lgan genlar va jarayonlarga ishora qilishi mumkin, bu esa testning aniqligini oshiradi.