Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

“Toshkent-3” terminalida qilingan qoidabuzarliklar uchun jarimalar transport egasiga yuboriladi

Terminalga muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha mumkin.

1 daqiqa o‘qiladi

“Toshkent-3” terminalida qilingan qoidabuzarliklar uchun jarimalar transport egasiga yuboriladi

Transport vazirligi xabar berishicha, mahalliy aviaqatnovlar terminali – “Toshkent-3” terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda qayd etadigan kameralar 15-maydan ishga tushadi.

Ruxsat etilgan vaqtdan o’tib ketsa jarimaga tortiladi

Ayni paytda Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlanmoqda. 

Shunday qilib, 2024-yil 15-maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.

Sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqa

Ma’lumot uchun, terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi.