$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Bugun Superliga o‘yinchilaridan iborat O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo vitse-chempioniga qarshi maydonga chiqadi

UFA

JCH-2026 3-saralash bosqichida kurashni davom ettirayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20-yanvardan buyon Qatarning Doha shahrida yig‘in o‘tkazmoqda. Unda asosan ichki chempionatda to‘p tepayotgan futbolchilar ishtirok etishyapti. Bugun, 27-yanvar kuni terma jamoamiz Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

O‘yin haqida

Dohada o‘tkaziladigan uchrashuv yil avvalida faoliyatini boshlagan ”Futbol” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. “Jamoamizning Iordaniyaga qarshi uchrashuvi 27-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da “Abdulloh bin Xalifa” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahsni “Futbol” telekanali O‘FA media bilan hamkorlikda namoyish etishni reja qilgan”, - deyiladi telekanal xabarida. Ushbu o‘yinda asosan Superligada faoliyat yuritayotgan o‘yinchilardan iborat tarkibni Temur Kapadze bosh murabbiy sifatida maydonga olib chiqadi.

Yig‘inda ishtirok etayotganlar

O‘zbekiston milliy jamoasining Qatardagi yig‘inga jalb etilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov (Nasaf), Botirali Ergashev (Neftchi), Hamidullo Abdunabiyev (Bunyodkor)

Himoyachilar: Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK), G‘olib G‘aybullayev (Nasaf), Dilshod Komilov (Nasaf), Islom Qobilov (So‘g‘diyona), Jahongir O‘rozov (Dinamo), Farrux Sayfiyev (Navbahor), Sherzod Nasrullayev (Nasaf), Saidazamat Mirsaidov (Navbahor), Zafarmurod Abdurahmatov (Nasaf), Umar Eshmurodov (Nasaf), Asadbek Rahimjonov (OKMK)

Yarimhimoyachilar: Akmal Mozgovoy (Nasaf), Odil Hamrobekov (Bunyodkor), Jamshid Iskanderov (Navbahor), Jahongir Abdusalomov (Surxon), Oybek Bozorov (Nasaf)

Hujumchilar: Anvarjon Hojimirzayev (Dinamo), Azizbek Amonov (Neftchi), Doniyor Abdumannopov (Paxtakor), Bobur Abduxoliqov (Nasaf), Husayn Norchayev (Neftchi), Jasur Yaxshiboyev (Ordabasi, Qozog‘iston).

Теги :
Jamiyat