$
 12634.34
-18.98
 14821.34
-0.76
 162.37
0.48
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekiston terma jamoasining FIFA kunlari uchun qaydnomasi e’lon qilindi

UFA

O‘zbekiston MTJ noyabr oyida JCH-2026 saralashi doirasida ikkita o‘yin o‘tkazadi. Har ikkala uchrashuv ham safarda o‘tkaziladi. O‘FA matbuot xizmati bosh murabbiy Srechko Katanes noyabr oyidagi yig‘inga kimlarni chaqirganini e’lon qildi.

Yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati 

Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati quyidagicha:

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov ("Fulad", Eron), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Abduvohid Ne’matov ("Nasaf");

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Umarbek Eshmurodov ("Selangor", Malayziya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Abduqodir Husanov ("Lans" Fransiya), Farruh Sayfiyev ("Navbahor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Umar Adhamzoda ("Paxtakor");

Yarim himoyachilar: Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Aziz Turg‘unboyev ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Odiljon Hamrobekov ("Navbahor"), Abdulla Abdullayev ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Al Feyha", Saudiya Arabistoni), Abdurauf Bo‘riyev ("Paxtakor");

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Roma" Italiya), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Xojimat Erkinov ("Al Vahda", BAA), Abbosbek Fayzullayev (SSKA Rossiya), Oston O‘runov ("Persepolis", Eron).

Doha yig‘ini

Insayder Narzulla Saydullayevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston MTJ 11-noyabr kuni Doha shahrida yig‘inni boshlaydi (Toshkentda mashg‘ulot bo‘lmaydi). Superliga klublarida o‘ynaydigan futbolchilar 10-noyabr kuni tunda Qatarga jo‘nab ketishadi. Barcha legionerlar va murabbiylar shtabi to‘g‘ri Dohaga uchib borishadi.

Qatar — O‘zbekiston

O‘zbekiston 14-noyabr kuni safarda Qatar bilan o‘yin o‘tkazadi. Qatar — O‘zbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam — Kim Jongheok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Chaye Sangheop. VARda esa Kim Heyegon faoliyat olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.

KXDR — O‘zbekiston

Terma jamoa FIFA kunlarida o‘zining navbatdagi o‘yinini 19-noyabrda, Laosda KXXRga qarshi o‘tkazishi rejalashtirilgan. KXDRga qarshi safar uchrashuvda quvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam — Ali Ali Ahmad, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Lao” stadionida start oladi. 

Теги :
Jamiyat