$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishiga qabul 1-fevraldan boshlanadi

tergov faoliyati, inspektor

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2024/2025 o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul joriy yilning 1-fevral kunidan boshlanadi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Axborot xizmati rahbari Sanobar Mansurova ma’lum qildi.

Qabul 4 bosqichda o‘tkaziladi

Muassasada 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning “Tergov faoliyati” hamda yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida yuridik kadrlarni tayyorlash joriy etilgan.

Akademiyaning “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik prinsiplari va qabul qilishning yagona qoidalari asosida 4 bosqichda:

dastlabki tanlov;

maxsus psixologik tanlov;

yozma imtihon (diktant);

test sinovlari bosqichlarda tashkil etiladi.

Dastlabki tanlov

Akademiyaning “tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriati qabuliga dastlabki tanlov:

harbiylashtirilgan tuzilmalar (Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qo‘mitasi, Harbiy prokuratura);

harbiylashtirilmagan tashkilotlar (prokuratura organlari, shu jumladan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi)dagi talablarni inobatga olgan holda alohida tartibda amalga oshiriladi.

Nomzod joriy yilning 1-fevralidan 1-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi hamda harbiylashtirilgan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy ichki ishlar organlariga;

harbiylashtirilmagan yo‘nalish bo‘yicha – hududiy prokuratura organlariga tegishli hujjatlarni taqdim etishi lozim.

O‘qish muddati 3 yil

Akademiyaning “tergov faoliyati” yo‘nalishida bakalavriat dasturi bo‘yicha ta’lim olish muddati uch yilni tashkil etadi, bitiruvchilarga belgilangan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Ta’lim tillari o‘zbek va rus tilida olib boriladi

O‘qitish o‘zbek va rus tillarida, davlat grantlari asosida tashkil etiladi. Davlat grantlari asosida o‘qishni tamomlagan Akademiya bakalavriatining bitiruvchilariga vakolatli davlat organlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.

Abituriyentlarga boshqa oliy ta’lim tashkilotiga kirish huquqi berilmaydi

Muhim jihat: Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarga respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalariga kirish imtiyozlari berilmaydi. Akademiya bitiruvchilari davlat organlariga xizmatga qabul qilinganda faqat ofitserlar tarkibiga kiruvchi darajali unvon beriladigan lavozimlarga tayinlanadi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklarni Akademiyaning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borish mumkin.

Теги :
Jamiyat