O‘zbekistonlik tennischilar Parijdagi million dollarlik turnirda qatnashadi
24-maydan 7-iyungacha Parijda dunyoning eng nufuzli tennis musobaqalaridan biri — “Roland Garros” start oladi. Bu safar turnirda O‘zbekiston vakillari ham kortga chiqadi.
1 daqiqa o‘qiladi

24-maydan 7-iyungacha Parijda dunyoning eng nufuzli tennis musobaqalaridan biri — “Roland Garros” start oladi. Bu safar turnirda O‘zbekiston vakillari ham kortga chiqadi.
4 nafar o‘zbekistonlik tennischi ishtirok etadi
O‘zbekiston tennis federatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, dunyo reytingida 89-o‘rinda borayotgan Kamilla Rahimova “Roland Garros”ning asosiy bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olgan. Reytingda 119-o‘rinda turgan Mariya Timofeyeva esa saralashning ilk bosqichida kanadalik Breys Kedensga qarshi o‘ynaydi. Polina Kudermetova ham turnirni saralashdan boshlaydi va u niderlandiyalik Anouk Kovermans bilan kortga chiqadi.
Bundan tashqari, o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda reytingning 18-pog‘onasida borayotgan Nikita Belozertsev ham ishtirok etadi.
Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 29 million 137 ming 500 dollarni tashkil qiladi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi esa amerikalik Koko Gauff hisoblanadi.



