Ikkinchi harakat: O‘zbekiston va Qozog‘iston endi temir yo‘l quradi
Bu haqida Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Vladimir Norov "X" ijtimoiy tarmog‘i orqali ma’lum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) direktori Vladimir Norov "X" ijtimoiy tarmog‘i orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda temir yo‘l qurishini ma’lum qildi.
Muzokaralar o‘tkazilmoqda
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston Qizilo‘rdadan Uchquduqqa temir yo‘l qurishni boshlaydi. Norovning ma’lum qilishicha, mazkur loyihani moliyalashtirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar o‘tkazilayotgan ekan.
Ilk harakat
Ma’lumot uchun bundan avval ham 2021-yil dekabrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Qizilo‘rda – Uchquduq avtomobil yo‘lini qurishni rejalashtirgan. Tomonlar qurilish rejasini dekabr oyida imzolagan, deb xabar tarqatadi Lsm.kz Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligiga tayanib.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Axborotda qayd etilishicha, qurilish qiymati 75 milliard tenge ($173 mln.), jumladan nazorat-o‘tkazish punkti qurilishi 5 milliard tengega baholangan. Magistral yo‘l uzunligi 280 km, jumladan 140 km Qozog‘iston hududidan o‘tishi rejalashtirilgan. O‘sha vaqtga ko‘ra Qizilo‘rdadan (Qizilo‘rda viloyati) Uchquduqqa (Navoiy viloyati) borish uchun O‘zbekistonning bir qator viloyatlaridan o‘tib, o‘rtacha 1200 km masofani bosib o‘tish kerak bo‘lgan. Safarning davomiyligi taxminan 20 soatni tashkil qilgan.



