Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Pavel Durovdan muhim yangilik e’loni

Telegramda universallashgan heshteg funksiyasi ishga tushirmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Pavel Durovdan muhim yangilik e’loni

Telegram asoschisi Pavel Durov muhim yangilikni e’lon qildi.

Universallashgan heshteg

Endilikda bitta heshteg bilan messenjerda joylashgan barcha ochiq kanallardagi postlarni topish mumkin bo‘ladi.

“Shu oyning oxirlariga borib, heshteg bosilganida u belgilangan barcha ochiq telegram-kanallardagi postlar ko‘rinadigan bo‘ladi”, — deb yozdi Durov.

Ma’lumot uchun, shu paytgacha heshteg yordamida faqat bitta kanal ichida qidiruv amalga oshirilardi.

Bundan oldin telegramga shaxsiy xabarlar yuborishi mumkin bo‘lganlar doirasini butunlay cheklash imkoniyati qo‘shgan edi.