$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Sun’iy intellekt bilan stikerlar qidiruvi, videolar uchun muqovalar: Telegram yangi funksiyalar bilan boyidi

telegram

Telegram foydalanuvchilari uchun navbatdagi katta yangilanish taqdim etildi. Endilikda sun’iy intellekt yordamida millionlab stikerlarni qidirish, videolar uchun muqovalar tanlash, havolalarni aniq vaqt bilan ulash va kanallar nomidan reaksiya bildirish kabi funksiyalar qo‘shildi.

Stikerlar qidiruvi

Ilgari Telegram faqat rasmiy to‘plamlaridan stikerlarni qidirish imkoniyatini taqdim etgan bo‘lsa, endi sun’iy intellekt butun platforma bo‘ylab millionlab maxsus stiker va emojilarni topishga yordam beradi. “Kulayotgan mushuk” yoki “kosmik sayohatchi” kabi so‘zlarni qidirib, kerakli ifodani tez topishingiz mumkin. Ushbu funksiya 29 ta til, jumladan, o‘zbek tilida ham ishlaydi.

Videolar uchun muqova 

Endilikda videolarni kanallarga yuklaganda, unga o‘z xohishingizga ko‘ra muqova rasm tanlashingiz mumkin. Videoni kanalingizga yuklash jarayonida muqova sifatida foydalanmoqchi bo‘lgan kadrni tanlash imkoniyati mavjud. Bu funksiya kontent yaratuvchilarga brend imidjini saqlash, videolarini professionalroq ko‘rsatish va tomoshabinlar e’tiborini yanada jalb qilish imkonini beradi.

Videolarga vaqt belgisi qo‘shish imkoniyati

Telegram endi videolar uchun aniq vaqtdagi havolalar yaratish imkoniyatini ham qo‘shdi. Bunda videoning kerakli joyiga kelib, “Ulashish” tugmachasini bosish kifoya. Shundan so‘ng Telegram avtomatik ravishda havolaga vaqt belgisini qo‘shish opsiyasini taklif qiladi. Havola boshqalarga yuborilganda, video aniq shu belgilangan lahzadan boshlanadi, bu esa muhim daqiqalarni osongina ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.

Kanallar nomidan reaksiya bildirish

Endi kanallar o‘z nomidan Yulduzlar bilan reaksiya qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. “Yulduzlar bilan reaksiya” — bu Telegram’ning pullik obuna tizimi bilan bog‘liq yangi funksiyasi. Foydalanuvchilar sevimli kontent yaratuvchilarini “Yulduzlar” (Stars) orqali qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Avvallari Yulduzlar bilan faqat oddiy foydalanuvchilar reaksiya bildirgan bo‘lsa, endi kanallar ham o‘z nomidan reaksiya yuborishi mumkin. Bu funksional kontent yaratuvchilarga o‘z kanallarini targ‘ib qilish va muhokamalarda faol bo‘lish imkonini beradi. Maxfiylikni saqlash uchun foydalanuvchilar anonim rejimda ham reaksiya qoldirishlari mumkin.

O‘xshash botlarni topish osonlashdi

Agar biror botni ishlatayotgan bo‘lsangiz, Telegram sizga shu kabi boshqa foydali botlarni ham tavsiya qiladi. Bu imkoniyat foydalanuvchilarga turli xizmatlar, vositalar va o‘yinlarni tezroq topishga yordam beradi.