$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Zoʻrning kuchi yapaloqqa yetibdi: Oʻqituvchilar sababsiz aybdorlikni boʻyniga olishyapti

teacher

UPL muxbirining xabar berishicha, turli Telegram guruhlarida o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan tilxat matni aks etgan fayl tarqaldi.

Tushuntirish xatida nimalar mavjud?

O‘zbekistonda barcha maktab o‘qituvchilarini jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan taqdirda jazo olishlarini ongli ravishda tan olishlarini tasdiqlovchi tilxatlarni imzolashga majburlashmoqda. Ushbu tilxatlarda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining “Nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkiloti xodimini pora evaziga sotib olish”, “Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimini pora evaziga sotib olish” va “Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimining moddiy boyliklarni yoki mol-mulk foydasini noqonuniy qo‘lga kiritishi” moddalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “O‘zlashtirish yoki isrof qilish yo‘li bilan o‘g‘irlik”, “Firibgarlik”, “Tijorat porasi”, “Nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkiloti xodimini pora evaziga sotib olish”, “Vakolat yoki mansab vakolatlaridan suiiste’mol qilish”, “Mansabni soxtalashtirish”, “Pora olish”, “Pora berish”, “Pora olishda vositachilik qilish”, “Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimini pora evaziga sotib olish”, “Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimining moddiy boyliklarni yoki mol-mulk foydasini noqonuniy qo‘lga kiritishi”, “Jinoyat faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish” va “Vakolatni suiiste’mol qilish, vakolatdan oshirib yuborish yoki vakolatni bajarmaslik” moddalari keltirib oʻtilgan.

В Узбекистане учителей заставляют подписывать расписки, в качестве предупреждения совершений ряда тяжких преступлений

Tushuntirish xatini olish profilaktika tadbirlari tarkibiga kiradi

Qayd etilishicha, o‘qituvchilardan ushbu tushuntirish xatlarini yig‘ish "Huquqbuzarliklarning oldini olish to‘g‘risidagi Qonun" va "Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Qonun" doirasidagi profilaktika tadbirlari tarkibiga kiradi.

Tushuntirish xati yozishga majburlashga qanday jazo bor?

Maʼlumot uchun, o‘qituvchilar yoki boshqa xodimlarni tushuntirish xati yozishga majburlash muayyan huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Bu turdagi majburlov quyidagi javobgarliklarni keltirib chiqarishi mumkin:

1. Mehnat qonunchiligini buzish: Agar majburlash mehnat kodeksiga zid tarzda amalga oshirilsa, bu mehnat qonunchiligini buzganlik hisoblanadi. O‘zbekistonda, mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimlarni hech qanday qonuniy asossiz majburlash mumkin emas, va bu uchun ish beruvchi javobgar bo‘lishi mumkin.

2. Maʼnaviy zarar va diskriminatsiya: Xodimlarni majburiy harakatlarga undash ularning maʼnaviy yoki psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday holatlar ba’zi davlatlarda kamsitish yoki nohaqlik sifatida qaraladi va bunday munosabatlar uchun tashkilotlar javobgar bo‘lishi mumkin.

3. Ijtimoiy qonunchilikni buzish: Xodimlarni qaysidir hujjatni yozishga majburlash, agar u davlat tomonidan tasdiqlangan tartib-qoidalarga zid bo‘lsa, ijtimoiy huquqlarning buzilishi sifatida qaraladi. Bu esa tegishli organlar tomonidan jarimalar yoki boshqa jazo choralariga olib kelishi mumkin.

4. Kasaba uyushmasi aralashuvi: Ko‘p davlatlarda kasaba uyushmalari xodimlarni himoya qilish uchun mavjud. Xodimlarning huquqlarini buzish holatlarida kasaba uyushmalari aralashishi va tashkilotga qarshi choralar ko‘rishi mumkin.

Agar biror tashkilotda xodimlardan noqonuniy tarzda tushuntirish xati talab qilinsa, bu xodimlar kasaba uyushmasi yoki mehnat inspeksiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.