$
 12774.98
-15.14
 13914.51
-21.6
 130.14
0.11
weather
+26
Кечаси   +14°

TBC Bank Shveytsariya kompaniyasi bilan 10 million dollarlik kredit shartnomasini imzoladi

t 6 25

Toshkent, Oʻzbekiston – 2024-yil 19-iyun – TBC Bank Shveytsariyaning yetakchi aktivlarini boshqaradigan responsAbility Investment AG kompaniyasi bilan 10 million dollarlik kredit shartnomasini imzoladi.

Investitsiyalar TBC Bank’ning kredit portfelini ko‘payishiga yordam berib, uning barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaxshilaydi.

“ResponsAbility bilan ikkinchi shartnomaning tuzilishi bankimiz uchun shunchaki strategik qadam emas, bu bizning biznes va moliyaviy inklyuzivlikdagi o‘rnimizni tasdiqlaydi. Ushbu hamkorlik nafaqat bankning bozordagi mavqeini mustahkamlaydi, balki aholining barcha qatlamlari uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha rejalarimizni samarali amalga oshirishga yordam beradi”, — deb izoh berdi TBC Bank boshqaruvi raisi Spartak Tetrashvili.

Ta’kidlash joizki, kredit milliy valyutada beriladi, bu esa biznesning o‘sishi va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi.

Bu TBC Bank uchun nimani anglatadi:

- kredit portfelining kengayishi: bank jismoniy shaxslar uchun ko‘proq kredit mahsulotlarini taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

- barqaror rivojlanish: investitsiyalar bankning yanada rivojlanishiga yordam beradi;

- bozordagi mavqeini mustahkamlash: responsibility bilan hamkorlik bank va uning strategik yo‘nalishiga bo‘lgan ishonchni tasdiqlaydi.

 TBC Group Uzbekistan haqida

Bugungi kunda, TBC Group Uzbekistan - O‘zbekistondagi uchta fintex kompaniyasi – TBC Bank Uzbekistan, payme Nasiya va payme to‘lov xizmatini taqdim etadi.

 TBC Bank - O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank hisoblanadi. U TBC Bank Group PLC tarkibiga kiradi. Bank 2020-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, qisqa muddatda jadal rivojlandi. Hozirgi kunda, bank o‘zining innovatsion fintex platformasi bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda va mobil ilovasi orqali bank xizmatlarini taklif qilmoqda. Bugungi kunda ro‘yxatdan o‘tgan 4 milliondan ortiq foydalanuvchi uydan chiqmasdan bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega. “Odamlar hayotini osonlashtirish” - TBC Bank’ning asosiy tamoyilidir. Hayotning barcha sohalarida raqamli texnologiyalarni ilgari surish orqali TBC jamoasi navbatlar, ofislar, byurokratiya, murakkab formulalar va uzoq kutishlardan xoli bank qurmoqda.

 payme - O‘zbekiston fintex sanoatidagi yetakchi kompaniyalardan biridir. Mamlakat bo‘ylab 11,6 milliondan ortiq foydalanuvchi kundalik muammolarni hal qilish uchun ushbu to‘lov ilovasiga ishonadi. Xizmat foydalanuvchilarga kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, kommunal va davlat xizmatlarini to‘lash, o‘z mablag‘larini boshqarish, kafe va restoranlarda to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi. payme 2012-yilda Internet-ekvayring tizimi sifatida tashkil etilgan. 2016-yilda kompaniya o‘zining asosiy mahsuloti - payme mobil ilovasini ishga tushirdi. 2019-yil aprel oyida TBC payme’ning 51% ulushini 5,5 million dollarga sotib oldi, kompaniyani 10,8 million dollarga baholadi, 2023-yil may oyida TBC Group Uzbekistan fintexdagi yetakchiligini tasdiqlab, 113,6 million dollarga baholangan payme’ning qolgan 49 foiz ulushini sotib oldi.

 TBC Bank Group PLC (TBC PLC) London fond birjasida TBCG belgisi ostida roʻyxatga olingan va FTSE 250 indeksi* a’zosi hisoblanadi. TBC PLC 2020-yilgacha faoliyatini Gruziya moliya sektorida va tegishli sohalarda jamlagan kompaniyalar guruhidir va "TBC Bank" AJning ("TBC Bank") bosh kompaniyasi hisoblanadi. TBC PLC, shuningdek, Gruziyadagi eng yirik raqamli ekotizim boʻlgan TNET orqali moliyaviy boʻlmagan xizmatlarni ham taqdim etadi.

2020-yilda TBC PLC O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirdi.

 TBC PLC London fond birjasida TBCG belgisi ostida roʻyxatga olingan va FTSE 250 indeksining* a'zosi hisoblanadi. Shuningdek, u FTSE4Good Index Series va MSCI United Kingdom Small Cap Index indekslar seriyasi a’zosi ham sanaladi.


® Reklama huquqi asosida