$
 12725.16
32.74
 14507.95
-3.29
 158.65
0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi bir yilda o‘z hisobidan uch oydan ortiq ta’til olish mumkin emas

mehnat ta

O‘zbekistonda Mehnat kodeksiga muhim o‘zgarishlar kiritildi. Yangi tartibga ko‘ra, endilikda bir yil ichida o‘z hisobidan olinadigan ta’til muddati 3 oydan oshmasligi kerak. Avval bu cheklov oxirgi marta ta’til olingan sanadan boshlab hisoblangan bo‘lsa, endi butun 12 oylik davr uchun umumiy hisobda qo‘llanadi.

Bu nimani anglatadi?

Masalan, agar bir xodim yil boshida bir oy, bahorda bir oy va yozda yana bir oy ta’til olgan bo‘lsa, yil oxirida qo‘shimcha ta’tilga chiqish huquqiga ega bo‘lmaydi. Bu ish beruvchilar uchun ishchi kuchining barqarorligini ta’minlashga yordam beradi, ammo ba’zi xodimlar uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin.

Yakshanba endi mehnat ta’tili tarkibiga kirmaydi

Bundan tashqari, endi yakshanba kunlari ta’til kunlari tarkibiga kiritilmaydi. Ilgari, har yilgi mehnat ta’tili hisoblanganda yakshanba ham ish kunidek inobatga olinardi, lekin endi bu kun ishlanmaydigan kun deb qaralib, ta’til davomiyligi shunga qarab uzaytiriladi.

Bolali xodimlar uchun ijtimoiy imtiyozlar

Boshqa bir o‘zgarish o‘rindoshlik bilan ishlash tartibiga taalluqli. Yangi qoidalarga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan shaxslar o‘rindoshlik asosida ishlay olmaydi. Shuningdek, agar xodimning asosiy ishi og‘ir yoki noqulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lsa, u yana shunday ikkinchi ishda ishlay olmaydi. Tibbiyot sohasi xodimlari bundan mustasno, ularga ushbu taqiq tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, bolali xodimlar uchun ijtimoiy imtiyozlar ham belgilandi. Endilikda 12 yoshgacha bo‘lgan ikki yoki undan ortiq farzandi bor ota-onalardan biri yoki 16 yoshgacha nogironligi bor farzandi bor shaxs har yili kamida 14 kunlik ish haqi saqlanmaydigan ta’til olish huquqiga ega.

Avvalroq, homilador yoki farzandi bor ayollarni ishdan bo‘shatish taqiqlangani haqida xabar bergan edik. Endilikda ish beruvchi bu kabi holatlarda xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qila olmaydi.

Mazkur o‘zgarishlarning barchasi 2025-yil 13-fevraldan boshlab kuchga kirdi.

Теги :
Jamiyat