$
 12725.16
32.74
 14507.95
-3.29
 158.65
0.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi homiladorligi yoki farzandi borligi sabab ayollarni ishdan bo‘shatish mumkin emas

homilador ayollar ofisda

O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatish taqiqlanadigan bo‘ldi. Qonun (O‘RQ-1030-son, 13.02.2025 y.) bilan Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Ish haqi, ta’til va ta’lim bo‘yicha yangi me’yorlar

Endilikda ish beruvchi homilador yoki voyaga yetmagan farzandi bor ayolni bu sabab bilan ishdan bo‘shata olmaydi. Bu mehnat bozorida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilishga, ularning barqaror ish joyiga ega bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan muhim o‘zgarishlardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, qonun bilan quyidagi o‘zgarishlar ham kiritildi:

• Elektron mehnat shartnomalari joriy etiladi. Ishga qabul qilish jarayonlari “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin bo‘ladi.

• Ish haqi saqlanmaydigan ta’tillarning davomiyligi belgilanadi. Endi xodim qancha vaqt ish haqi saqlanmaydigan ta’tilga chiqishi mumkinligi aniq tartibga solinadi.

• O‘rtacha ish haqini hisoblash tartibi o‘zgartiriladi. Ish haqi qanday hisoblanishi bo‘yicha yangi normalar belgilanadi.

• Kechki va sirtqi ta’lim bo‘yicha yangiliklar. Ishchilar uchun kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida o‘qish imkoniyatlari aniq belgilab beriladi.

Hujjatlarni taqdim etish tartibi soddalashtiriladi

Davlat organlari va tashkilotlar endi ishga kirayotgan shaxsning pasport yoki ID-kartasi, mehnat daftarchasi kabi ma’lumotlarini axborot tizimlari orqali mustaqil so‘rab oladi. Bu xodimlardan ortiqcha hujjat talab qilish tartibini kamaytiradi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Теги :
Jamiyat