$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Ikki davlat prezidentning norasmiy uchrashuvidan maqsad nima edi?

Sadir Japarov

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov O‘zbekiston va Qirg‘iziston qo‘shma kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga kelishib oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Japarovning norasmiy tashrifi

25-yanvar kuni Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” kurort majmuasida Qirg‘iziston prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Nimalar muhokama qilindi?

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Ikki davlat rahbarlari kelgusi hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Prezident Sadir Japarov “Amirsoy” tog‘-chang‘i majmuasida yaratilgan sharoitlarni, uning jahonning yuksak standartlariga mos zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.

Qo‘shni davlat bilan qo‘shma kurort-rekreatsiya markazlari loyihasi

Muhokamalar davomida tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘izistonning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini inobatga olgan holda, qo‘shma kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Теги :
Jamiyat