$
 12658.19
-100.17
 14672.11
-148.0
 161.44
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Tarvuz yili: Bozorda tarvuz so‘nggi 10 yillikdagi eng arzon narxlarda baholanmoqda

Tarvuz

Joriy yili ko‘plab poliz ekinlari hosildorligi juda ham yaxshi bo‘ldi. O‘z-o‘zidan bozordagi narx ham shunga yarasha. Bu vaziyat tabiiy ravishda iste’molchilar joniga oro kiradi, ammo dehqonning holi-chi?

"Buni uzoq yillar eslab yursak kerak"

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov o‘zining sahifasida vaziyatga munosabat bildirdi. Uning qayd etishicha, yilning sernam, seryog‘in, komfort iqlimiy muhit ostida o‘tishi tarvuz hosildorligini haddan tashqari yaxshi bo‘lishiga olib kelgan. Shu sabab, palakliklarda tilamasa ham tarvuzlar shoda-shoda hosil bermoqda. "Joriy yil ton ma’noda tarvuz yili bo‘ldi. Buni uzoq yillar eslab yursak kerak. Bozorda tarvuz so‘nggi 10-yillikdagi eng arzon narxlarda baholanmoqda. Xullas tarvuz egganlar bu yil katta zarar bilan chiqmoqda", — deb yozadi iqlimshunos.

Mas’ul vazirlik ishlashi kerak

Uning aytishicha, mas’ul tuzilmalar bu kabi holat bo‘lishini ancha oldin bilishgan. Mas’ul vazirlik va ularga chatishib ketgan tuzilmalar hadeb oziq — ovqat masalalarini barqarorlashtirish bilan bog‘liq piar-shoularni qilavermasdan, "qichqiravermasdan" shu kabi holatda bobo—dehqonlar umidsizlanmasligi uchun ularga tarvuzdan sharbat tayyorlash, uni qadoqlash korxonalarini yo‘lga qo‘yish, uni eksportga yo‘naltirish masalalari ustida bosh qotirishi kerak.