$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

Giyohvandlik vositalarini dorixonalarda sotish tartibi belgilandi

dorixona dori

“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Nizom litsenziya asosida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Kimlar berishi mumkin?

Dorixonalardan giyohvandlik vositalarini jismoniy shaxslarga shifokor retsepti asosida realizatsiya qilish (berish) quyidagi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi:

  • dorixona mudiri;
  • farmasevt (provizor);
  • dorixona farmasevti assistenti.

Giyohvandlik vositalari maxsus pushti retsept blanka asosida beriladi.

Yetti kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak

Davolash-profilaktika muassasalariga giyohvandlik vositalari uchun zarur bo‘lgan retsept blankalari Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.

Bir dona retsept blankasida shifokor tomonidan faqat bitta nomdagi giyohvandlik vositasi miqdori yetti kunlik ehtiyojdan oshirilmagan holda yozilishi kerak. 

Dorixonaning giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonada giyohvandlik vositalari bo‘yicha berilgan reseptlar besh yil davomida muhrlangan holda saqlanadi.

Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasida giyohvandlik vositalari zaxirasi bir oylik ehtiyojdan oshmasligi, bo‘limlarida esa uch kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.

Теги :
Jamiyat