Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 69 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +7°

Tadqiqot: Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarning asabiylashishi va tushkunlikka tushishiga sabab bo‘ladi

So‘nggi yillarda o‘smirlarning ruhiy salomatlik bo‘yicha davolanishi ortgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqot: Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarning asabiylashishi va tushkunlikka tushishiga sabab bo‘ladi

Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarning asabiylashishi va tushkunlikka tushishiga sabab bo‘ladi. So‘nggi yillarda o‘smirlarning ruhiy salomatlik bo‘yicha davolanishi ortgan.

O‘smirlar kuniga 8 soat vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazmoqda

FT nashrining ma’lum qilinishicha, Oksford universiteti o‘tkazgan tadqiqotlarga asoslanib, yoshlar ijtimoiy tarmoqlardan qancha ko‘p foydalansa, ularda ruhiy tushkunlik va bezovtalik shuncha ortishini ma’lum qildi.

“Biz asabiylik va ruhiy tushkunlikning ortishi darajasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkaziladigan vaqt o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligini topdik. Ko‘plab eng yomon holatlarda o‘smirlar kuniga sakkiz soatgacha vaqtini ijtimoiy saytlarda o‘tkazadi”, – degan tadqiqotga rahbarlik qilgan Oksford universiteti professori Jon Gallaher.

Jahonda ruhiy muolajaga muhtoj yoshlar soni oshgan

Shuningdek, tadqiqot mualliflari, Buyuk Britaniyaning Milliy sog‘liqni saqlash xizmati ma’lumotlarini tahlil qilib, so‘nggi yillarda o‘smirlarning ruhiy salomatlik bo‘yicha davolanishi sur’ati ancha tez o‘sayotganini aniqlagan.

2023-yilda 1,1 million o‘smir shunday xizmatlardan foydalangan. 2016-17-yillarda esa bu raqam 500 mingni tashkil qilgan, ya’ni 6 yil ichida ruhiy muolajaga ehtiyoj sezgan yoshlar soni ikki baravar oshgan.

Shuning bilan birga, ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, o‘smir qizlar bunday turdagi xizmatlarga (ruhiy tiklanish) o‘g‘il bolalardan ko‘proq murojaat qilgan.

Uxlash va jismoniy mashqlar salomatlikni yaxshilaydi

Olimlar, aksincha, uyqu vaqtini oshirish va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish o‘smirlarning ruhiy salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini qo‘shimcha qilgan.

Oksford universiteti o‘tkazgan tadqiqotda 7 ming nafar o‘smir ishtirok etgan. Kelajakda ularning sonini 50 mingga yetkazish maqsad qilingan.