$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoning eng yomon 100 taomi: Reytingga Oʻzbekistonda mashhur boʻlgan salat ham kiritildi

shakarob

TasteAtlas gastronomik ensiklopediyasi dunyoning eng yomon 100 ta taomi reytingini e’lon qildi. Unda Shakarob (achchiq-chuchuk) salati 42-o‘rinda qayd etildi.

Bu qanday tayyorlanadi?

“Shakarob – oddiy salat, asli O‘rta Osiyodan, ayniqsa O‘zbekiston va Qirg‘izistonda mashhur. Unda pomidor, piyoz, tuz, maydalangan qizil va qora qalampir mavjud. Pomidor va piyoz yupqa to‘g‘raladi, so‘ngra ziravorlar sepiladi va salat tanovvul qilish uchun tayyor. U alohida kichik porsiyalarda yoki go‘sht bilan guruchga garnir sifatida dasturxonga tortilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Birinchi oʻrinni egallagan taom

Eng yomon taomlar reytingida birinchi o‘rinni Shvetsiyaning “Blodplettar” qonli blinchiklari egalladi. U xamirga bug‘u qonini qo‘shish orqali tayyorlanadi.

Finlyandiyaning javdar uni va turli hayvonlarning qoni yordamida tayyorlanadigan “Blodpalt” taomi ikkinchi, gamburger va kartoshka bilan to‘ldirilgan Shvetsiyaning “Kalskrov” pitsasi uchinchi o‘rinda qayd etildi.

Reytingning asosiy mezonlari qanday?

TasteAtlas — butun dunyo bo‘ylab taomlar va mahsulotlar haqida ma’lumot to‘playdigan gastronomik atlas. U ko‘plab omillarni hisobga oladigan keng qamrovli ball tizimiga asoslanadi. 

TasteAtlas reytingining asosiy mezonlari: foydalanuvchilar ovozi, mutaxassislarning sharhi, qidiruv tizimlarida mashhurlik, pazandachilik merosi, ingrediyentlar tarkibi va boshqalar. Reyting muntazam ravishda yangilanadi.

Теги :
Jamiyat