$
 12410.99
-85.95
 14237.89
-167.33
 158.38
-1.0
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Tamaki mahsulotlarining katta foydalari

Tamaki

Aslida ham chekishning ko‘plab salbiy ta’sirlari bor, ammo xohlaysizmi yoki yo‘qmi, sigaretalar butun umri tamakiga qaram bo‘lganlarga foyda ham keltirar ekan.

Avvalo uning siz bilgan va bilmagan zararlari

Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish erta qarishni keltirib chiqaradi:

1. Chekish terini saqlash uchun foydali bo‘lgan oqsillarni yo‘q qilishi, qon oqimini to‘sib qo‘yish va inson organizmida A vitaminining kamaytirishi tufayli inson terisining erta qarishiga olib keladi.

2. Bundan tashqari chekish og‘izda ortiqcha qoldiqlar hosil qiladi, bu tishlarni sarg‘aytiradi va chekmaydiganlarga qaraganda tishlarni tezroq tushishiga hamda tish kasalliklariga olib keladi.

3. Chekish sigaret chekadigan erkakda sperma sonini kamaytirishi mumkin, bu esa uni bepushtlikka uchrashi va farzandli bo‘lishi ehtimolini kamaytiradi.

"Istaysizmi yo‘qmi" qismi

Harqanday zahar kerakli miqdorda foydalanilsa ziddi-zaharga ham aylanishi mumkin va bundan tamaki mahsulotlari ham mustasno emas!

Ular inson salomatligi va hattoki davlat manfaatlariga ham katta foyda olib kelar ekan.

1. Stressdan xalos bo‘lish vositasi sifatida foydalanilganida sigaretalarda ham foyda bor ekan.  

Stress - bu odamdan moslashishni talab qiladigan hamda atrof-muhit o‘zgarishlariga jismoniy yoki hissiy reaksiya holatidir. Agar kimdir og‘ir stressni boshdan kechirsa va bu holat uzoq vaqt davomida sodir bo‘lsa, bu insonning salomatligiga juda katta zarar etkazishi mumkin.

Chekish stressni kamaytira oladi, chunki nikotin tinchlantiruvchi vazifasini ta’minlay oladi. Tinchlik va qulaylik, lekin uni haddan tashqari oshir mumkin emas. Ortiqcha nikotin ham tana uchun yaxshi emas.

2. Semizlikni kamaytirish uchun foydalanish:

Nikotin ishtahani bostiruvchi vositadir, bu tufayli  chekuvchilar ortiqcha ovqatlanishdan saqlanishadi va katta vaznni kamdan-kam hollarda orttirishadi. 

Lekin undan vazn yo‘qotish usuli sifatida foydalanish tavsiya etmaymiz.

3. Davlat daromadi sifatida:

Mamlakatning sigaret sektoridan katta daromad ko‘radilar. Chunki sigaretaga soliq stavkasi va eksport bojlari ancha katta.

Shunday qilib, ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar sigaret sektori davlat g‘aznasiga hissa qo‘shishini tan oladilar.

4. Bandlikni ta’minlash uchun:

Sigaret sektorida ishchilarga talab va xodimlar soni juda ko‘p bo‘ladi. Tamaki fermerlaridan boshlab, tamaki mahsulotlarini qayta ishlash sektorlarigacha, sigaret sotish nuqtalari va ularni turli mintaqalar va chet ellarga tarqatish ko‘plab odamlarni bandiligini ta’minlashga sezilarli hissa qo‘shadi.

Xulosa

Bundan xulosa qilish mumkinki, sigaretaning mamlakat uchun ham, inson uchun ham foydasi bor, lekin sigaretaning inson organizmiga salbiy ta’sirini ham inkor eta olmaymiz.

Теги :
Jamiyat