Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +6°

Tub-tubidan “botqoqlikka botgan” shifoxona

Toshkentdagi shifoxonalardan birida juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi.

1 daqiqa o‘qiladi

Tub-tubidan “botqoqlikka botgan” shifoxona

Antikorrupsiya agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi ijrosi yuzasidan Ibn Sino nomidagi 1-sonli Toshkent shahar klinik shifoxonasida byudjet mablag‘laridan foydalanish va tizimdagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. Bu haqda Effect.uz nashri xabar qildi.

Talon-taroj qilingan holatlar

O‘rganishda tibbiyot muassasasida byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va talon-toroj qilish, amalda bajarilmagan ishlar uchun oylik ish haqi to‘lanishi, tibbiy jihozlardagi kamomad, davlat xaridlari jarayonlari bilan bog‘liq qator qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Mansabdorlarning qilmishlari

Xususan, tashkilot mansabdor shaxslari o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda shifoxonada amalda bir qator lavozimlar mavjud bo‘lsa-da, boshqa fuqarolar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzgan va amalda biror-bir bajarilmagan ish uchun ularga doimiy ravishda oylik ish haqi to‘lab kelingan. Natijada juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Yuqoridagilarga ko‘ra, agentlik taqdim etgan hujjatlar asosida prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.