Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +6°

Chet elda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda 3-oʻrinni egalladi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi bilan solishtirilganda qariyb 24 ming nafarga oshgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Chet elda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda 3-oʻrinni egalladi

UNESKO statistika instituti ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.

Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.

Mintaqadagi ayrim davlatlar boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:

Qozogʻiston – 78,3 ming nafar

Ukraina – 76,8 ming nafar

Rossiya – 63,6 ming nafar

Turkmaniston – 60,9 ming nafar

Ozarbayjon – 49,7 ming nafar

Afgʻoniston – 34,3 ming nafar

Tojikiston – 32,5 ming nafar

Belarus Respublikasi – 27,0 ming nafar

Qirgʻiziston – 17,1 ming nafar.

2021-yilgi hisobot natijalari

NESKO statistika institutining 2021-yildagi hisobotiga (so‘nggi 2 yillik hisoboti esa hozircha e’lon qilinmagan) ko‘ra, talabalari chet elda tahsil olayotgan davlatlar orasida Xitoy hamda Hindiston yetakchi bo‘lgan.

Xorijda o‘qiyotgan xitoylik talabalar soni 1 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, hindistonlik talabalar 508 mingga yetgan. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Vyetnam, Germaniya va O‘zbekiston turibdi. Xorijda Vyetnamdan 137 ming, Germaniyadan 126 ming, O‘zbekistondan 110 ming, Fransiyadan 106 ming, AQShdan 103 ming va Suriyadan 99 ming talaba tahsil olayotgani ma’lum qilingan.