Avtomobil ichiga sig‘magan talabalar
Ijtimoiy tarmoqlarda bitiruvchi talabalarning avtomobil ustiga chiqib olib uni boshqarganligi tasvirlari tarqaldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bitiruvchi talabalarning avtomobil ustiga chiqib olib, uni boshqarganligi tasvirlari tarqaldi.
Oliy ma’lumotli "nishonlash"
Ijtimoiy tarmoqlarda yurib ketayotgan avtomobilning ustiga yotib olgancha oliy ta’lim muassasasini tamomlaganligini nishonlayotgan talabalarning video tasvirlari tarqaldi.
Talabalar bilan suhbat olib borildi va yana eski qo‘shiq "pushaymonlik"
Qonunbuzarlikni sodir etgan barcha talabalar bilan suhbat jarayonlari amalga oshirildi.
Ularning barchasi videorolikning tarqab ketishini bilmagan ekanliklarini va qilgan ishlaridan pushaymonliklarini bildirishgan.
Ma’muriy javobgarlik
O‘z "oltin davr"ini jarima to‘lash bilan yakunlash albatta ko‘ngilli ish emas.
Muhokama so‘ngida qoidabuzar talabalarning har biriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi 4-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirildi.



