Iqtidori yuqori bola tengqurlaridan nimasi bilan ajralib turadi?
Mutaxassislarning aytishicha, iqtidor maktabgacha yoshda oʻzini namoyon qiladi.
2 daqiqa o‘qiladi

Har bir ota-ona farzandining zoʻr olim yoki buyuk sportchi boʻlishini xohlaydi. Xoʻsh, qobiliyatni aniqlashda qandaydir mezon bormi? O'rganishlarga qaraganda, isteʼdodli bolalar bir qator xususiyatlarga ega boʻladi. Iqtidorning oʻzi ham bir nechta turga boʻlinadi. Ota-onalar farzandlarining qobiliyatlarini mustaqil ravishda aniqlashi va ularning qobiliyatlarini rivojlantirishi mumkin.
Iqtidorli bolalar tengdoshlariga oʻxshamaydi. Ularning rivojlanish bosqichlari boshqacha kechadi. Bu quyidagi jihatlarda oʻzini namoyon qiladi:
Intellekt
Bolalar tashqi dunyodan olingan maʼlumotni, hatto erta yoshda ham yaxshiroq va tezroq eslab qolishadi. Bu oʻzini umumiy bilimda yoki talaba uchun maʼlum bir qiziqish sohasida namoyon qilishi mumkin.
Jismoniy salohiyat
Ayrim oʻgʻil bolalar tengdoshlariga qaraganda faolroq, chaqqonroq va kuchliroq boʻladi. Bunday qobiliyati bor kichkintoylardan mashhur sportchilar chiqishi mumkin.
Xulq-atvor
Baʼzi bolalar koʻpincha bezovtalanadi. Ular hatto bogʻchada ham, maktabda ham zerikadi. Ularning qiziqishi qayerda boʻlsa, qobiliyati ham shu soha bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Shaxsiyat
Koʻpgina bolalar dunyoni tezroq oʻrganadi va psixologik jihatdan yaxshi rivojlanadi. Ular tengdoshlariga qaraganda ancha “yetuk” boʻladi va doimiy ravishda oʻzini oʻzi anglashga, rivojlantirishga harakat qiladi.
Yuqorida keltirilganlarning hammasini ham boladan izlash mantiqsizlik aslida. Aynan qaysi jihat borligini esa ularga taalluqli oʻyinlar orqali bilish mumkin. Mutaxassislarning aytishicha, iqtidor maktabgacha yoshda oʻzini namoyon qiladi (taxminan 50% hollarda).
Iqtidorni aniqlashga yordam beruvchi testlar
Shu bilan bir qatorda, bolada iqtidor bor yoki yoʻqligini aniq aytishning iloji yoʻq. Ammo bilishga qisman yordam beradigan testlar mavjud, Masalan, Stenford testi bolalarda intellektual rivojlanish sohasidagi iqtidorni aniqlash imkonini beradi. Ijodkorlik esa Torrance testi yordamida baholanadi. Shuningdek, iqtidorli boʻlishga irsiyat ham taʼsir qiladi. Tarbiya esa u bilan uygʻunlashadi.



