$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxtda ayrim ko‘chalar yopiladi

yangi yil

Toshkent shahrida Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni boshlandi. Bayramni yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda harakat cheklanmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Qaysi ko‘chalar yopilyapti?

Cheklovlar 2024-yilning 10-dekabridan 2025-yilning 15-yanvarigacha davom etadi.

— Zarafshon ko'chasining "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi qo'riqlash punkti va Matbuotchilar ko'chalari oralig'idagi qismi;

— Istiqlol ko'chasining A.Temur va Buyuk Turon ko'chalari oralig'idagi qismi;

— Buyuk Turon ko'chasining Istiqlol ko'chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo'lgan qismida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Xavfsizlik maqsadida

Shahar aholisi va mehmonlariga ushbu davrda muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur o‘zgarishlar bayramni qulay va xavfsiz muhitda o‘tkazishga qaratilgan bo‘lib, shahar ma’muriyati tomonidan tegishli nazorat ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat