Dunyo “dabdabali, imtiyozli zombi”larga to‘la bo‘ladi – NYP
Milliarderlar umrni uzaytiruvchi tabletka ishlab chiqish uchun katta pul tikmoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Milliarderlar umrni uzaytiruvchi tabletkalarni yaratishni moliyalashtirmoqda. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.
Tabletkani oddiy odamlar sotib ololmaydi
Unga ko‘ra, bunday tabletkalar oxir-oqibat oddiy odamlar sotib ololmaydigan darajada qimmat narxda bozorga chiqadi va faqatgina boylarni “hashamatli, imtiyozli zombi”ga aylantirib qo‘yadi.
“Dorilar faqat ularni sotib olishga qodir bo‘lganlar uchun mavjud bo‘ladi. Dunyo esa, “dabdabali, imtiyozli zombi”larga to‘la bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.
Bu loyiha 2013-yilda yuzaga chiqqan
MIT Technology Review ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika biotexnologiya tadqiqot kompaniyasi asoschisi Altos Labsning amalga oshirmoqchi bo‘lgan Retro BioScience innovatsiyasi uzoq umr ko‘rish bo‘yicha Google asoschisi Larry Peyjning 2013-yilda boshlagan xuddi shunday Calico Labs loyihasi bilan deyarli bir xildir.
ChatGPT asoschisi ushbu startapga 180 million dollar tikkan
O‘tgan yilning aprel oyida ChatGPT asoschisi Sem Altman ushbu biotexnologik startapiga 180 million dollar miqdorida pul tikkanligi ma’lum bo‘lgan. Qolaversa, Jeff Bezos qarish jarayonini yo‘qotishni o‘rganayotgan Altos Labs kompaniyasiga 3 milliard dollar sarmoya kiritgan.



