$
 12900.00
-20.16
 14595.06
-86.12
 157.32
-1.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Suyunchi puli” miqdori 10 foizga koʻtarildi

suyunchi

Joriy yil 1-oktyabrdan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli (“suyunchi puli”) miqdori oshirilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

“Suyunchi puli” miqdori 

Oktyabrdan Oʻzbekistonda farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli 738 150 soʻmdan 811 965 soʻmga oshirildi. Bu eng kam ish haqi miqdori koʻtarilgani bilan bogʻliq. Ya'ni 1-oktyabrdan mamlakatda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1 155 000 soʻm etib belgilangan. “Suyunchi puli” miqdori shundan 70,3 foizini tashkil etadi.

Ikkinchi farzand uchun nafaqa puli kimlarga beriladi?

2024-yil 1-apreldan farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzand uchun barcha ayollarga toʻlanmoqda. Ikkinchi farzand uchun esa bola tugʻilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a'zosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi. Qolgan barcha holatlarda farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi.

Oshirilgan nafaqalar miqdori

Sentyabr oyida respublikada nafaqalar miqdori 15 foizga oshirilgandi. Ular oyiga quyidagi miqdorlarda toʻlanmoqda:

Yoshga doir nafaqa — 745 soʻm;

I guruh nogironlik nafaqasi — 1 027 000 soʻm;

II guruh nogironlik nafaqasi — 920 000 soʻm;

Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar nafaqasi — 920 000 soʻm;

Parvarishlash nafaqasi miqdori — 745 000 soʻm;

Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun nafaqa miqdori — 745 000 soʻm. 

Keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a'zosi uchun — 244 000 soʻmdan qoʻshiladi;

Dafn etish nafaqasi — 1 712 000 soʻm.

“Suyunchi puli”ni olish tartibi qanday?

Xalq tilida “Suyunchi nafaqasi” deb ataladigan bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa amaldagi qonunchilikka muvofiq har bir tug‘ilgan farzand uchun to‘lab beriladi.

Suyunchi nafaqasini olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, bunda fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish maqsadida “suyunchi nafaqasi”ni tayinlash bo‘yicha xizmatlar 2020-yildan boshlab, fuqaroning murojaatisiz kompozit shaklida amalga oshirilmoqda.

Yaʻni, bugungi kunda bola tug‘ilganda bolaga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha taʻlim tashkiloti haqidagi barcha maʻlumotlar tibbiyot muassasasi (tug‘ruqxona, shifoxona tug‘ruq bo‘limi, oilaviy poliklinika) tomonidan “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.

Pensiya jamg‘armasi tomonidan barcha zaruriy maʻlumotlar tibbiyot muassasasi va FHDYo axborot tizimlaridan elektron shaklda olingan holda “Suyunchi” nafaqasi avtomatik ravishda tayinlanadi.

Bunda, bolaning otasi yoki onasi Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilish orqali “suyunchi” nafaqasini olish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, fuqaroning xohishiga ko‘ra ushbu nafaqalar Xalq bankiga ham murojaat qilmasdan ularning bank kartasiga yuklab berilishi mumkin.

Maʻlumot uchun, bola tug‘ilgandan boshlab 6 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilish mumkin.

“Suyunchi” nafaqasini olganlar

Nafaqa tayinlash va to‘lash jarayonlari osonlashtirilganligi natijasida ushbu nafaqani oluvchilar soni oshdi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, O‘zbekistonda 2022-yilda tug‘ilgan bolalar soni 932,2 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, “suyunchi” nafaqasi shundan 922,4 ming nafariga (98,9 foiz) to‘lab berilgan.

Taqqoslash uchun, 2018-yilda tug‘ilgan bolalar soni 768,5 ming nafarni tashkil etib, “suyunchi” nafaqasini olish uchun 681,7 ming nafar (88,7 foiz) murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda nafaqa olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqberish mumkin.