$
 12975.09
8.09
 13373.43
21.31
 127.63
1.14
weather
+26
Кечаси   +14°

“Toshturma”da suv taqchilligi yuzaga keldi

Qamoq

Huquqshunos, bloger Abdumalik Abdullayev xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED Markaziy tergov hibsxonasida suv ta’minotida jiddiy uzilishlar bo‘lyapti. Shu sababdan mahbuslarda umumiy norozilik kayfiyati yuzaga kelgan.

Ommaviy norozilik kayfiyati

“Kasbiy vazifamizni amalga oshirish jarayonida olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, xalq tilida “Toshturma” nomi bilan tanilgan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED Markaziy tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslar shu kunlarda muassasada suv ta’minotida jiddiy uzilishlar bo‘layotganligidan, xususan, sutkasiga atiga 4-6 soat davomida suv berilayotganligidan ommaviy norozilik kayfiyati yuzaga kelgan”, - deb yozadi huquqshunos Abdumalik Abdullayev.

Undan tashqari ham kamchiliklar yetarlicha

Shuningdek, kameralarda belgilangan me’yordan ortiq mahbuslar saqlanishiga yo‘l qo‘yilayotganligi, mahbuslarning sog‘lig‘i borasida yetarlicha qayg‘urolmayotgani, tibbiy xizmat talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi ham noroziliklar ko‘lamini yanada kuchaytirayotgani jiddiy e’tiborni talab etadi.

Mas’ullar nima deydi?

Advokat Abdullayev o‘z postida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ni zudlik bilan yuqoridagi holatlarni o‘rganib, tegishli munosabatini bildirishga chaqirgan. Ma’lum bo'lishicha, mazkur masala yuzasidan Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan. IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov esa mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi. Avvalroq, Xorazmda mahbuslarga berilayotgan ichimlik suvining iste’molga yaroqsizligi yuzasidan kelib tushgan murojaatni Sanepidqo‘mita bilan o‘rganish davomida muammo hal etilgani haqida xabar berilgan edi.