Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 69 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +7°

Andijonda bir ayolning shaxsiy suratlarini tarqatgan erkakka jinoyat ish qoʻzgʻatildi

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan shaxs aslida jabrlanuvchi ayolning sobiq turmush oʻrtogʻi boʻlgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda bir ayolning shaxsiy suratlarini tarqatgan erkakka jinoyat ish qoʻzgʻatildi

Andijon viloyatida sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatib kelgan erkak ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat

Ma'lum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi ayol S.T. IIBga murojaat qilib, oʻzining rasmlari noma'lum shaxs tomonidan Telegram messenjerida tarqatib yuborilganini ma'lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi M.M. sodir etgani aniqlangan.

Firibgar ayolning sobiq turmush oʻrtogʻi boʻlib chiqdi

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M. aslida jabrlanuvchi ayol S.T.ning sobiq turmush oʻrtogʻi boʻlgan.

U sobiq xotinini obroʻsizlantirish maqsadida Telegramʼda akkaunt ochib, ayolga tegishli boʻlgan sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi behayo foto va videotasvirlarni tarqatib kelgan.

Jinoyat ishi

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 139- (tuhmat), 140- (haqorat qilish) va 141/3- (shaxsning sha'nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma'lumotlarni oshkor qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.