$
 12074.28
37.07
 14218.67
147.17
 160.86
1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

Supermarketlarda "ob-havo" qanday?

Supermarket

Toshkent supermarketlaridagi narxlar o‘rganib, tahlil qilindi.

21 xil mahsulot oʻrganildi 

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning may oyida Toshkent shahridagi eng yirik supermarketlardagi 21 xil oziq-ovqat mahsulotlarining narxlaridagi o‘zgarishini tahlil qilishdi. Ushbu statistika 4-aprel va 2-maydagi narxlar asosida shakllantirilgan.

10 xil mahsulot pastlagan 

O‘rganish natijalari 10 xil mahsulotning minimal narxlari o‘tgan oyga qaraganda pastlaganini ko‘rsatdi. Ushbu mahsulotlar narxi bu oyda pastlagan:

Bodring narxi - 49 foiz;

Sariq piyoz narxi- 24,5 foiz;

Kartoshka narxi - 16,9 foiz;

Olma narxi - 16,7 foiz;

Karam narxi - 14,6 foiz;

Tuxum narxi - 11,7 foiz;

Qizil sabzi narxi - 8,3 foiz;

Pomidor narxi - 6,3 foiz;

Tovuq go‘shti(file) narxi - 4,9;

Shakar narxi - 3,6 foiz.

O‘zgarmay qolgan narxlar

Yana 6 mahsulotning narxi o‘zgarishsiz qolgan. Bular: guruch, grechka, makaron, sut, margarin, kungaboqar yog‘i kabilar.

Banan narxi eng ko‘p oshgan

5 xil turdagi mahsulotlarning narxi bu oyda oshgan. Narx o‘sishining eng yuqori ko‘rsatkichlari bananda ko‘rindi. Banan narxining qisqa vaqtda juda yuqori bo‘lib ketishiga vaqtinchalik bozor omillari, talab va taklifning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi aytilmoqda.

Теги :
Jamiyat