O‘zbekistonda 2025-yilgi futbol mavsumi qachon boshlanishi ma’lum
Yangi mavsumdagi Superliga o‘yinlari asosan dam olish kunlari – shanba va yakshanbaga belgilangan.
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi rasmiy saytida 2025 yilgi yangi futbol mavsumi qachondan start olishi ma’lum qilindi.
Dastlabki ma’lumotlar
PFL rasmiy saytida 2025 yilgi musobaqalar ishchi taqvimi joylashtirilgan bo‘lib, unga ko‘ra Superliga yangi mavsumi 7-mart kunidan start olishi belgilangan. Xususan, 1-tur uchrashuvlari 7-8-9-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 2-tur o‘yinlari 14-15-16-martda o‘tkazilsa, FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi 20-mart (Qirg‘iziston) va 25-mart (Eron) kunlari o‘z o‘yinlarini o‘tkazishi bois, 3-tur bahslari 27-30-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Kelayotgan mavsumda Superliga o‘yinlari asosan dam olish kunlari – shanba va yakshanbaga belgilangan.
1-davra tur o‘yinlari
Superliga-2025 1-davra tur o‘yinlari sanasi:
1-tur – 7-8-9-mart
2-tur – 14-15-16-mart
3-tur – 27-28-29-30-mart
4-tur – 4-5-6-aprel
5-tur – 11-12-13-aprel
6-tur – 18-19-20-aprel
7-tur – 25-26-27-aprel
8-tur – 2-3-4-may
9-tur – 9-10-11-may
10-tur – 16-17-18-may
11-tur – 23-24-25-may
12-tur – 30-31-may va 1-iyun
13-tur – 12-13-14-15-iyun.
Musobaqaga qur’a tashlash
Musobaqaga qur’a tashlash marosimi 1-fevral kuni soat 18:00 da start oladi va u “Futbol TV” orqali jonli efirga olib chiqiladi. Qur’a jarayonida PFL quyidagi ketma-ketlikni inobatga oladi:
- a) mavsum startini o‘z maydonida boshlamasligi, biroq keyinchalik boshqa stadionga ko‘chib o‘tishi katta ehtimol bo‘lgan klublar;
- b) bir stadiondan foydalanishi ko‘zda tutilgan va shundan kelib chiqib juftlik hosil qilgan klublar;
- d) juftlik hosil qilmagan klublar.



