O‘zbekiston hududida sun’iy yomg‘ir yog‘dirilganmi?
Yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini O‘zbekistonda joriy etish uchun 2022-yilda O‘zgidromet tomonidan hukumatga takliflar ishlab chiqilgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini O‘zbekistonda joriy etish uchun 2022-yilda O‘zgidromet tomonidan hukumatga takliflar ishlab chiqilgan.
O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish tarixi
O‘zbekistonda ilk bor sun’iy yomg‘ir yog‘dirish 1963 yilda Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilgan. Eng oxirgi tadqiqot va ilmiy izlanishlar 90 yillarda olib borilgan. O‘zbekistonda 1963-1968 yillarda Piskom, 1985-1991 yillarda Qashqadaryo, 1989-1990 yillarda Chirchiq, 1990-1991 yillarda Shimoliy Farg‘onada sun’iy yomg‘ir yog‘dirish amalga oshirilgan.
Qancha ortiqcha suv yig‘ilgan?
Qashqadaryo loyihasida 6-10 foiz, Chirchiq va Shimoliy Farg‘ona loyihasida 10-15 foizgacha yomg‘ir ortgani qayd etilgan. Ob-havoni boshqarishdan maqsad qishloq xo‘jaligi ekinlarini muhofaza qilish bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 90 yillarda Bo‘stonliqda sun’iy yomg‘ir yog‘dirilganda 300 million litr kub ortqicha suv yig‘ilgan.
So‘nggi ma’lumotlar
Yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini O‘zbekistonda joriy etish uchun 2022-yilda O‘zgidromet tomonidan hukumatga takliflar ishlab chiqilgan. Loyihani amalga oshirish uchun 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratish taklif etilgan. Atmosferaga sun’iy ta’sir o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlarni O‘zgidromet yaqinda rad etilgan edi. Sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasidan O‘zbekistonda oxirgi marta 2005 yil foydalanilgan. Hozirda sun’iy yog‘ingarchilik hosil qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumotlar mavjud emas.



