$
 12076.18
20.37
 13995.09
-13.76
 169.47
0.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Isroil G‘azoga insonparvarlik yordami olib ketayotgan faollarni tiz cho‘ktirdi

G‘azo sektoriga yordam yetkazishga uringan “Sumud” insonparvarlik flotiliyasi faollari Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan qo‘lga olindi. Ushlanganlarning tahqirlangani aks etgan video tarqalganidan so‘ng, Isroil milliy xavfsizlik vaziri harakatlari xalqaro miqyosda keskin noroziliklarga sabab bo‘ldi — uni hatto Isroil hukumatining o‘zida ham tanqid qilishdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar qo‘llari orqaga qayirilgan holda saqlangan, keyin esa beton maydonga olib chiqilib, Isroil madhiyasi yangrayotgan paytda tiz cho‘kib turishga majbur qilingan. Videoni Ben-Gvirning o‘zi e’lon qilgan. Kadrlarda u qo‘riqchilarga faollarning “baqiriqlariga e’tibor bermaslikni” buyuradi.

“Biz terrorizm tarafdorlarini mana shunday kutib olamiz”, — dedi vazir.

Mojaro Isroil chegarasidan chiqib ketdi

Ben-Gvirning bu harakatini Isroil bosh vaziri , tashqi ishlar vaziri , shuningdek bir qator Yevropa davlatlari yetakchilari va TIV rahbarlari qoraladi.

Netanyaxu Isroil “provokatsion flotiliyalar”ning mamlakat hududiy suvlariga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqiga ega ekanini aytdi, biroq vazirning harakatlari “Isroil qadriyatlari va me’yorlariga mos kelmasligini” ta’kidladi. Gideon Saar esa yuz bergan hodisani “davlatga zarar yetkazgan sharmandali tomosha” deb atadi.

Yevropa izoh talab qilmoqda

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri ko‘rganlaridan “dahshatga tushganini” bildirdi.

“Bu insoniy qadr-qimmat va hurmatning eng asosiy me’yorlarini buzadi”, — dedi u.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Ben-Gvirning harakatlarini “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atadi. Italiya bosh vaziri esa faollar, jumladan Italiya fuqarolariga nisbatan tahqirlovchi munosabat uchun uzr so‘radi.

Mojarodan keyin Italiya, Fransiya, Kanada, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya Isroil elchilarini TIVga chaqirdi, Ispaniya esa Isroilning vaqtinchalik vakilini chaqirtirdi.

YI: “Bu mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”

Yevropa Ittifoqi qo‘lga olinganlarga munosabatni “mutlaqo nomaqbul” deb baholadi.

“Har bir ushlangan shaxsning xavfsizligi, sha’ni va xalqaro huquq me’yorlari to‘liq ta’minlanishi kerak”, — dedi YI tashqi siyosat vakili .

Yevropa diplomatiyasi раҳбари ham Ben-Gvirning harakatlarini “tahqirlovchi va mutlaqo nomaqbul” deb atadi.

Hatto AQSH ham Ben-Gvirni tanqid qildi

AQSHning Isroildagi elchisi faollarning G‘azoga kirishga urinishi “ahmoqona aksiya” bo‘lganini