$
 12557.67
2.51
 13448.01
17.76
 147.37
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada 12 yoshli bolani bo'g'ib o'ldirmoqchi bo'lgan o'zbekistonlik qo'lga olindi

Suiqasd

Sankt-Peterburg shahri Tergov bosh boshqarmasi xabar berishicha, 25 yoshli o‘zbekistonlik 12 yoshli bolani bo‘g‘ib o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, holat joriy yilning 24-iyun kuni shaharning Krasnoselskiy tumanidagi sport maydonchasida sodir bo‘lgan.Erkak hibsga olingan va unga nisbatan voyaga yetmagan bolani o‘ldirishga urinish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Uchinchi shaxs aralashuvi bilan bola omon qoldi

“Rossiyada ro‘yxatdan o‘tmagan 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 24-iyun kuni Dobrovolsev ko‘chasidagi sport maydonchasida 12 yoshli bolaning tomog‘idan bir necha bor ushlab, uni bo‘g‘ishga harakat qilgan va jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan. Uchinchi shaxslarning aralashuvi tufayli u o‘zining jinoiy rejasini tugatmagan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, voqea guvohlarining politsiya xodimlariga bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yin vaqtida futbol maydonida migrant va o‘smir o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. 

Ayblanuvchi qilmishidan tongan

Xabarga ko'ra, politsiya kelganini ko‘rgan gumonlanuvchi bo‘lgan voqeani inkor eta boshlagan va hamma narsada bolani ayblagan. O‘sha kuni kechqurun bola 38 yoshli onasi bilan birga tibbiy muassasaga borgan va yordam ko‘rsatilgach, uyiga jo‘natilgan. 

Shundan keyin ayol politsiyaga o‘g‘liga qilingan hujum haqida ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.