Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +9° kechasi +6°

Poytaxt supermarketlarida kartoshka narxi arzonlashdi

MHTI mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan monitoringga ko‘ra, Toshkentdagi yirik supermarketlarda kartoshka bilan birga sabzi, lavlagi, tuxum, sut va shakar narxi ham pasaygan.

1 daqiqa o‘qiladi

Poytaxt supermarketlarida kartoshka narxi arzonlashdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini o‘rgandi.

Qaysi mahsulotlarning narxi pasaydi?

Monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oyga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi:

 • Kartoshka – 26,1%

 • Qizil sabzi – 11,3%

 • Lavlagi – 8,2%

 • Tuxum – 7,8%

 • Sut – 0,9%

 • Shakar – 0,4%

Kartoshka narxi pasayishiga Pokistondan import oshgani sabab bo‘lgan.

Qaysi mahsulotlarning narxi oshdi?

7 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Eng katta o‘sish oqbosh karamda kuzatildi. Bu mavsumiy omillar bilan bog‘liq. Bodring narxi ham oshgan, ammo o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30% arzon.

Narxi o‘zgarmagan mahsulotlar

7 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular — bug‘doy uni, guruch, grechka, makaron, olma, banan, tovuq go‘shti (file).

Ma’lumot uchun, ushbu monitoring 2025-yil 9-yanvar va 6-fevral kunlari o‘tkazilgan.