Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 75 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +6°

Advokat o'limida gumonlangan sudya ishi

Sud raisining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganligi ma'lum bo'ldi.

2 daqiqa o‘qiladi

Advokat o'limida gumonlangan sudya ishi

Bir muddat oldin joriy yilning 9-martida Surxondaryo viloyati Denov tumanida sud raisi va advokat YTHga uchragani va buning oqibatida advokatning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Voqea bilan bog‘liq turli taxminlarni OAV orqali ilgari surish maqsadga muvofiq emas

Mazkur xabarlarda, jumladan, advokatning oila a’zolari YTHda Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi raisini aybdor sifatida ko‘rsatib, unga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hanuzgacha ta’sir choralari ko‘rilmayotgani aytiladi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, holat yuzasidan ochilgan jinoiy ish ayni paytda tergovda ekani va u bilan bog‘liq turli taxminlarni OAV orqali ilgari surish maqsadga muvofiq emasligini ta’kidlaydi.

Sudyalar odobi kodeksi talablari buzilgani aniqlangan

Shu bilan birga, voqelik bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgani, natijada tuman sudi raisining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgani aytiladi.

Qayd etish joizki, joriy yilning 9-mart kuni Denov tumanida yuz bergan YTH bo‘yicha xizmat tekshiruvi fojeaga sabab bo‘lgan omillar va bu jarayonda sud raisining xatti-harakatlari doirasida o‘tkazilgan bo‘lib, unda Sudyalar odobi kodeksi talablari buzilgani aniqlangan.

Shikoyatning rad etilishiga sabab

Shuningdek, rasmiy munosabatda ta'kidlanishicha, xizmat tekshiruvi xulosasi Surxondaryo viloyati sudlari sudyalar malaka hay’atida muhokama etilib, tuman sudi raisning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish haqida qaror qabul qilingan. Mazkur qarorga nisbatan berilgan shikoyatlar esa rad etilgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu chora intizomiy jazo xarakterida bo‘lib, tergov ishlariga daxli yo‘q.

"Pirovardida, og‘ir oqibatga olib kelgan YTHning aybdorini aniqlash tergov organi vakolatiga tegishli ekani yana bir bor qayd etiladi", – deyiladi tashkilot munosabatida.