$
 12050.34
61.42
 13685.57
21.8
 153.29
-0.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Ipoteka subsidiyasiga arizani qanday topshirish mumkin? Banklar va ularning shartlari: Agrobank misolida

Agrobank

27-iyul kuni soat 15:00 dan e’tiboran ilgarigi ajratmalardan foydalanilmay qolgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha arizalar qabul qilinishi haqida xabar bergan edik. Ushbu bosqichda kvotalar soni cheklangan, shu sababli arizani tezroq topshirish tavsiya etiladi.

Fuqarolar subsidiya olish uchun bir nechta usullardan foydalanib ariza topshirishlari mumkin. Xususan, Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borish, MyGov mobil ilovasi orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda murojaat qilish imkoniyati mavjud. Harbiylar va tegishli idoralar xodimlari esa arizani bevosita Davlat xizmatlari markazlariga borib topshirishlari kerak.

Subsidiya ajratilishi uchun fuqarolardan bir qancha mezonlar talab etiladi. Jumladan, ijtimoiy baholashda kamida 30 ball to‘plash, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish, ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joy bo‘lmasligi hamda daromad belgilangan talablarga mos kelishi lozim.

2026-yil uchun subsidiya shartlari Prezidentning 2026-yil 24-fevraldagi farmoni bilan belgilangan. Fuqaroning mezonlarga mosligi inson omilisiz, subsidiya.idm.uz tizimi orqali avtomatik ravishda baholanadi.

Davlat subsidiyasi qaytarib berilmaydigan mablag‘ bo‘lib, u naqd pul ko‘rinishida berilmaydi. Mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankka, fuqaroning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Subsidiya faqat tasdiqlangan ipoteka krediti bilan birga amal qiladi.

Joriy yilda subsidiya uchun arizalar qabul qilishning umumiy yakuniy muddati 2026-yil 1-dekabr deb belgilangan. Hozir subsidiya olishning imkoni bo‘lmasa, ma’lumotlarni yangilab, keyinroq yana ariza topshirish mumkin.

Ipoteka dasturida 15 ta tijorat banki ishtirok etmoqda. Ular sirasiga Agrobank, Aloqabank, Asakabank, Asia Alliance Bank, BRB, Hamkorbank, Ipak yo‘li banki, Ipotekabank, Mikrokreditbank, Orient Finans Bank, Trastbank, Turonbank, Xalq banki, Milliybank va SQB kiradi. Fuqaroning kredit tarixi ushbu banklardan kamida bittasining ichki talablariga mos kelishi kifoya.

Banklar va ularning shartlari: Agrobank misolida

Dasturda ishtirok etayotgan banklar orasida Agrobank ham bor. Keling, ushbu bankning hududiy tarmoqlari barcha tumanlarda, jumladan qishloq joylarda ham keng tarqalgani sababli uning imkoniyatlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Agrobank 2026-yil 25-iyundan 25-sentyabrgacha “Orzudagi uy” aksiyasini o‘tkazmoqda. Ushbu davr oralig‘ida ipoteka krediti rasmiylashtirgan mijozlar orasida har oy uch nafar g‘olib aniqlanadi. G‘oliblar Chakana.uz marketpleysida xarid qilish uchun 10, 7 va 5 million so‘mlik vaucherlar oladilar. Har oy jami 22 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi o‘ynaladi.

Aksiyada qatnashish uchun alohida ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi, belgilangan muddatda kredit rasmiylashtirish kifoya. Kredit qancha vaqtliroq rasmiylashtirilsa, oylik o‘yinlarda qatnashish imkoniyati shuncha ko‘p bo‘ladi. Masalan, avgustda rasmiylashtirilgan kredit ikkita, sentyabrda rasmiylashtirilgani esa bitta o‘yinda qatnashadi.

Bankka murojaat qilish va bosqichma-bosqich jarayon

Ekspertlar maslahatiga ko‘ra, Agrobankka subsidiya xabarnomasi kelishini kutmasdan, ariza topshirish bilan bir vaqtda murojaat qilgan ma’qul. Bankdagi konsultatsiya taxminan 30 daqiqa davom etadi va bepul. Bu orqali ajratilishi mumkin bo‘lgan kredit miqdorini va hujjatlar holatini oldindan bilib olish mumkin.

Bankda eng avvalo kredit tarixi ko‘rib chiqiladi. Bunda faqat rasmiy kreditlar emas, balki maishiy texnika bo‘lib to‘lash, mikroqarz va kafil bo‘lingan majburiyatlar ham hisobga olinadi. Kafil bo‘lingan shaxsning to‘lovni kechiktirishi ham kredit tarixiga ta’sir qiladi. Shuningdek, oylik to‘lovlar va kelajakdagi ipoteka to‘lovi daromadga mos kelishi kerak bo‘lgan qarz yuklamasi hamda kamida olti oylik daromad ma’lumotlari tekshiriladi. Ipoteka krediti faqat yangi qurilgan uylardagi kvartiralarga va yakka tartibdagi uy-joyni qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ajratiladi, ikkilamchi bozordagi uylar ushbu shartga tushmaydi.

Arizadan uyga ko‘chib o‘tguncha bo‘lgan jarayon olti asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi:

·      Birinchidan, nomingizda ko‘chmas mulk yo‘qligini tekshirish, daromadlar soliq bazasida borligiga ishonch hosil qilish hamda OneID orqali kredit tarixingizni olish kabi tayyorgarlik ishlarini bajarish kerak.

·      Ikkinchidan, Agrobank bo‘limida maslahatlashib, kredit miqdori va hujjatlar talablarini aniqlab olish lozim.

·      Uchinchidan, Davlat xizmatlari markazlari, MyGov ilovasi yoki my.gov.uz portali orqali subsidiya uchun ariza yuboriladi.

·      To‘rtinchidan, avtomatlashtirilgan tizim arizani baholab, 30 yoki undan ortiq ball berganidan so‘ng subsidiya xabarnomasi chiqariladi.

·      Beshinchidan, Agrobankda ipoteka krediti rasmiylashtiriladi. Agar jarayon 25-sentyabrgacha amalga oshirilsa, fuqaro avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

Oltinchidan, quruvchi bilan shartnoma tuzilib, boshlang‘ich badal hamda subsidiya mablag‘i o‘tkaziladi va shundan so‘ng har oylik sovrinli o‘yinlarda qatnashish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat