Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 94 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Tadbirkorlarga subsidiya va imtiyoz berish tartibi o'zgaradi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlarga subsidiya va imtiyoz berish tartibi o'zgaradi

“Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya axboroti

Adliya vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonda tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish tartiblari takomillashtirilishni ma'lum qildi. Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Reyting daraja

Unga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (qo‘llab-quvvatlash choralari) ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda yangi tartibda joriy etiladi. Qo‘llab-quvvatlash choralari “V” va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlarga amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:

“AAA” toifa – amaldagi miqdorning 100 foizi;

“AA” toifa – amaldagi miqdorning 90 foizi;

“A” toifa – amaldagi miqdorning 80 foizi;

“VVV” toifa – amaldagi miqdorning 70 foizi;

“VV” toifa – amaldagi miqdorning 60 foizi;

“V” toifa – amaldagi miqdorning 50 foizi.

Shuningdek, qo‘llab-quvvatlash choralari ro‘yxatdan o‘tganiga 6 oy bo‘lmagan, prezident farmoniga muvofiq 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ularning reyting darajasidan qat’i nazar amaldagi miqdorlarda taqdim etiladi.